Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

logo.jpg

Elektron hukumattizimini rivojlantirish markazi davlat muassasasining yuqori turuvchi organiOzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisoblanadi.

Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari quyidagilardan iborat:

 

• axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, «elektron hukumat"ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taminlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

• telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmogiga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televideniya va radioeshittirishning raqamli tizimlariga toliq otishni taminlash, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yoli bilan boshqarish, litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funksiyalarni amalga oshirish;

• elektron hukumatni tadbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash va nazorat qilish boyicha davlat dasturlarining amalga oshirilishini taminlash, shuningdek, davlat axborot resurslari hamda malumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish;

• internet tarmogining milliy segmenti shakllantirilishini taminlash, mamlakatimizning turli yonalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, shu jumladan, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bolgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay 
shart-sharoitlarni yaratish;

• raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga korsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga komaklashish va uning muvofiqlashtirilishini taminlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va istemolchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish;

• axborot xavfsizligini taminlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish boyicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;

• zamonaviy kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil etish;

• aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ustuvor loyihalarni amalga oshirish, radiochastotali spektrdan samarali foydalanish uchun hamda vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni jalb etish.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida Nizom


Manzil: 100047, Toshkent, Amir Temur shoh ko‘chasi 4-uy

Tel: (99871) 238 41 07, faks: (99871) 239 87 82

Elektron manzil: info@mitc.uz

Rasmiy veb-sayt: http://www.mitc.uz


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech