Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumot

Xalqaro hamkorlik boʻlimi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishga doir xorijiy tashkilotlar va tuzilmalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejalari va shartnomalarini tayyorlash va zamonaviy informatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalarni o’rganish bilan shugʻullanadi. Jumladan quyidagi xalqaro tashkilotlar va chet el tuzilmalari bilan faol hamkorlikda faoliyat olib boradi: BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki (JB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi), NIA (Koreya axborotlashtirish Milliy agentligi), KIPA (Koreya davlat boshqaruvi instituti), hamda SAP AG (Germaniya), Oracle (AQSh) va LG CNS (Koreya Respublikasi) kompaniyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi (Markaz) direktori Sh.H.Habibullaevning 2015 yil 4 choragidaKoreya Respublikasiga qilgan tashrifi tashkilot faoliyati uchun ahamiyatli boʻldi. Tashrifdan doirasida Koreya Respublikasining Tegu shaharida NIA bilan navbatdagi “Elektron hukumat standart platformasi” sohasiga doir memorandum imzolandi. Shuningdek, Chejudo sharida NIA qoshidagi Global akademiyasi bilan uch tomonlama, ya’ni Global akademiya, E-hukumat Markazi va TATU qoshidagi oʻquv Markazi o’rtasida Ahdlashuv Protokoli imzolandi. Ushbu protokol “Elektron hukumat” sohasida inson resurslarini rivojlantirish borasidagi hamkorlik boʻlib, NIA va KOICA loyihalari orqali hodimlarning malakasini oshirish, electron hukumat tehnologiyalari hamda siyosatini rivojlantirish, tajriba almashinishga doir hamkorlikdagi qoʻshma trening va tadqiqotlar uyushtirish kabi maqsadlarga yoʻnaltirilgan. Koreya respublikasiga tashrof doirasida KOICA, NIPA, LG CNS, The Bridgesoft tashkilotlari bilan uchrashuvlar amalga oshirildi.

Markazga uzoq muddatli kelishuvga asosan NIPA tashkilotidan elektron hukumat turli hil sohalarida konsultatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun Koreyalik ekspert jalb qilingan.

Koʻplab halqaro tashkilotlarxorijiy tuzilmalarKoreyaning maxsus fondlari va donor tashkilotlari bilan begʻarazmoliyaviy va texnik ko'makni jalb etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga oid rejali ishlar amalga oshirildixususanquyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:

1)  BMT taraqqiyot dasturi – “Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun e-hukumatni qoʻllab-quvvatlash” qoʻshma loyihasiUmumiy byudjet $1 mln. (bundan $500.000 BMT taraqqiyot dasturi, $500.000 esaO'zbekiston hukumati hisobidan). Amalga oshirish muddatlari - 2015-2017 yy.

2) OTB – “Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat” loyihasi. OTB “TASF-IV” dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan texnik koʻmak qiymati $1,500,000 deb belgilangan. Amalga oshirish muddatlari 18 oy, 2015yil 31-dekabrdan 2017-yil 30 iyungacha.

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi xalqaro hamkorlik yo’nalishidagi 2014 yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumot

Xalqaro hamkorlik bo’limi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishga doir xorijiy tashkilotlar va tuzilmalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish rejalari va shartnomalarini tayyorlash va zamonaviy informatsion texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha ilg’or xalqaro tajribalarni o’rganish bilan shug'ullanadi. Jumladan quyidagi xalqaro tashkilotlar va chet el tuzilmalari bilan faol hamkorlikda faoliyat olib boradi: BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki (JB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi), NIA (Koreya axborotlashtirish Milliy agentligi), KIPA (Koreya davlat boshqaruvi instituti), KISDI (Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti) hamda SAP AG (Germaniya), Oracle (AQSh), Admevara (Estoniya) va LG CNS (Koreya Respublikasi) kompaniyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi (Markaz) direktori Sh.H.Habibullaevning 2014 yil 20-27 aprel kunlari Koreya Respublikasiga qilgan tashrifi tashkilot faoliyati uchun ahamiyatli bo’ldi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad Koreya Respublikasining davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini o'rganish, ilg'or tajribalar almashish, tadqiqodlar va zamonaviy bilimlarni egallashdan iborat edi. Bundan tashqari, tashrif davomida Koreya Respublikasining NIA va KIPA tashkilotlari bilan hamjihatlik Memorandumi imzolandi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kun Hening 15-17- iyun kunlari O’zbekistonga qilgan davlat tashrifi doirasida NIA tashkiloti prezidenti Chang Kvang Su boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. 17 iyun kuni Markaz direktori Sh.H.Habibullaev bilan NIA tashkiloti prezidenti Chang Kvang Su o'rtasida uchrashuv tashkillashtirildi va O'zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Markazga uzoq muddatli kelishuvga asosan NIA va KISDI tashkilotlaridan elektron hukumat infratizimi va baza elementlarini shakllantirishning to'laqonli konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida hamda boshqaruv kodlarini standartlashtirish sohasida konsultatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ekspertlar jalb qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 26- martdagi №2158 topshirig'iga asosan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik bo'yicha O’zbekiston-Koreya Qo'shma loyihasi doirasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo'yicha tajriba almashish ko'zda tutilgan. Koreyalik mutahassislar bilan dastlabki tadbirlarni o’rganish va tanlab olish bo'yicha o'tkazilgan ikki tomonlama muhokama majlisi natijasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.Azimov tomonidan 2014 yil 2 iyul kuni “2014 yilda O’zbekiston-Koreya Hamkorligi doirasida axborot kommunikatsiya tehnologiyalari sohasi bo'yicha hamkorlik qilish loyihasi chora tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.

Hujjatda 2014- yilning iyul-dekabr oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 4 ta O’zbekiston-Koreya loyiha va tadbirlari belgilangan:

  • O'zbekistonda tuzilmalar va foydalanuvchilar to’g'risida axborot larni hukumat tomonidan boshqarish tizimini joriy qilish bo'yicha imkoniyatlarni o'rganish;
  • O’zbekistonda biznes jarayonlarini boshqarish tizimini joriy qilish imkoniyatlarini o'rganish;
  • «Elektron hukumat» loyihalari natijalarini baholash qo'llanmasini ishlab chiqishni o’rganish;
  • «Elektron hukumat» tizimi platformasi va axborot tehnologiyalari arxitekturasi bo’yicha ishlab chiqaruvchilarni o’qitishni tashkillashtirish.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi tomonidan 2014 yil mobaynida mazkur loyihalarni amalga oshirish bo'yicha maqsadli ishlar bajarildi.

Ko'plab halqaro tashkilotlar, xorijiy tuzilmalar, Koreyaning maxsus fondlari va donor tashkilotlari bilan beg’araz moliyaviy va texnik ko'makni jalb etish bo’yicha hamkorlikni rivojlantirishga oid rejali ishlar amalga oshirildi, xususan quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:

1) KOICA-“Axborot texnologiyalari asoslari” dasturi doirasida maxsus markazlarni tashkil etish yo’li bilan aholining keng qatlamiga kompyuter savodxonligini oshirish” loyihasi (2016-2018-yy). Loyihani amalga oshirish joyi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shahri. Loyiha qiymati - $6,167,000. Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • Kompyuter savodxonligini oshirish markazlarining texnik ta’minoti;
  • Kompyuter savodxonligini oshirish bo'yicha rejalarni ishlab chiqish;
  • Koreya Respublikasida treninglar o'tkazish;
  • Kompyuter savodxonligini oshirish markazlari binolarini kapital remont qilish.

2) KSP (Knowledge Sharing Program, Bilim almashish dasturi) hukumat loyihasi bo'yicha – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, axborot xavfsizligini ta’minlash Markazi va yagona ma’lumot-markazi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida elektron hukumatni qo’llab-quvvatlashga ixtisoslashgan organlarni boshqarishga oid Koreya Respublikasi tajribasini o'zlashtirish. Amalga oshirish muddatlari - 2014-2016-yy. Grant qiymati -$0,9 mln.

3) Jahon banki – “Ishbilarmonlik muhitini yahshilash uchun e-hukumat sohasidagi tehnik va huquqiy salohiyatni mustahkamlash” qo'shma loyihasi. Amalga oshirish davri: 201 5-yil yanvar – 2017-yil dekabr. Loyihaning umumiy qiymati: $1 mln.

4) BMT taraqqiyot dasturi – “Davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini yaxshilash uchun e-hukumatni qo’llab-quvvatlash” qo'shma loyihasi. Umumiy byudjet $1 mln. (bundan $500.000 BMT taraqqiyot dasturi, $500.000 esa O'zbekiston hukumati hisobidan). Amalga oshirish muddatlari - 2014-2016-yy.

5) OTB – “Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat” loyihasi. OTB “TASF-IV” dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan texnik ko'mak qiymati $1,500,000 deb belgilangan. Amalga oshirish muddatlari 18 oy, 2015yil 31-dekabrdan 2017-yil 30 iyungacha.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech