Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 27- iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:

“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.

Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan.

O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

·       Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv xizmatlar bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini o‘rganish, va takliflar ishlab chiqish.

·       Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

·       Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

·       Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish.

·       Texnik topshiriq ishlab chiqish.

·       Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.

·       Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.

“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016- yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.

26-05-2016 11-40-46.jpg

Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda.

Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.

Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

2013-2020- yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

   O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi quyidagilardan iborat hamda u mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish hisoblanadi: 

·       interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarininh kengligi;

·        hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va oydinligi;

·       xizmatlardan oson foydalanish imnkoniyatlari va yakka tartibligi;

·        siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi; erkin axborot almashuvi; 

·       aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim etishda qulay sharoitlar yaratish; fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishini qo'llab-quvvatlash; 

·       barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.    

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining  asosiy vazifalari quyida keltirilgan:

·       Jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida “Elektron hukumat” tizimini keyinchalik rivojlantirish va takomillashtirishni strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

·       “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashda kelishilgan loyihalashtirish mexanizmini ko‘zda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;

·       Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, innovatsion biznes jarayonlarini boshqarish mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlarining funksional va operatsion jarayonlari faoliyatini tizimli qayta tashkillantirish;

·       “Elektron hukumat” tizimini samarali tatbiq qilish uchun yo‘naltirilgan tahlilni o‘tkazish va amaldagi me’yoriy- huquqiy bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

·       “Elektron hukumat” tizimi miqyosida davlat organlari faoliyatidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash tizimini joriy etish, tizimli monitoring o‘tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini baholash, shu jumladan, axborot texnologiyalari va resurslari samaradorligini joriy etilganligini o‘rganish;

·       “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish doirasida yo‘naltirilgan indikatorlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash, Interaktiv davlat xizmatlarini samarali taqsimlanishi va foydalanishining asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqarish. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech