Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Government-to-Business - G2B (Davlat - Tadbirkorlikka)- bu davlat va tadbirkorlarning hamkorlikdagi qogʻozli hujjat almashtirishni qoʻllamagan holda o‘zaro kelishuvlarini, shuningdek, zarur ma’lumotlarni toʻplash va ishlab chiqish jarayonini tezlashtirishdir. Natijada esa davlat tashkilotlari tijorat tashkilotlaridagi sheriklariga taklif etilayotgan oʻz xizmatlarining integral tizimini yaratishlariga keng yoʻl ochib beradi. Bunda davlat tashkilotlarining xarajatlari texnologiyalardan samarali foydalanish, davlat tomonidan sotib olingan tizimlarning ochiq va shaffofligi tufayli xarajatlar kamayadi.

G2B, elektron hukumat tizimini iqtisodiy muvozanatlashtirib, maqsadga muvofiq tarzda boʻlishini ta’minlaydi. Zero, “hukumat-tadbirkorlikka” modeli nafaqat odiy jarayonlarni, balki kreditlarni rasmiylashtirish hamda shartnomalarni toʻldirish jarayonlarini ham osonlashtiradi. Uning asosiy vazifasi qulaylik yaratish, jarayonni tezlashtirish, avtomatizatsiyalash hisobiga koʻplab fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun keng yoʻl ochib berishdir. Aynan, xususiy sarmoyadorlik mamlakat rivojlanishining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, madaniy, texnologik va fan nuqtaiy nazaridan rivojlanishning bosh omili xisoblanadi, jamiyat hayotidagi barcha jabhalarida yuz berishi mumkin boʻlgan turgʻunlik holatining oldini oladi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solinishi - bu tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga kerakli sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida hukumat tomonidan ta’sir koʻrsatishdir.

Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holatdagina namoyon eta oladi.



Xizmatlar



Xizmatlar 1 - 4 of 4
  • First
  • Prev.
  • 1
  • Next
  • Last
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech