Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Mustaqillikka erishgandan buyon O’zbekistonning ichki siyosati o’z rivojlanish modeliga ega bo’ldi. O’ziga xos bu model jahon hamjamiyatida yuqori baholanib, mаmlakatimniz nufuzini mustahkamlanishiga xizmat qildi.
Mamlakatimizning ichki siyosati asosan Konstitutsiya, “Ichki siyosiy faoliyat konsepsiyasi”, “Xalqaro shartnomalar haqida” va boshqa ko’plab huquqiy-normativ hujjatlarga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning nutqlariga tayanadi.
O’zbekiston ichki siyosatining asosiy vazifasi demokratik jamiyat qurish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirish, milliy iqtisodimiz barqarorligini ta’minlash hamda mamlakatimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shishdan iborat.
O’zbekiston har doim tinchlik va barqarorlik tarafdori bo’lgan va ichki siyosatimizning asosiy va bosh tamoyiliga muvofiq bahsli munozaralarga kuch ishlatmagan, o’zga mamlakatlarga tajovuz qilmagan holda yechimni topadigan mamlakat bo’lib qoladi.
Mamlakatimiz tinchlik, barqarorlik yo’lidan bormoqda. Boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqli va o’zaro foydali aloqalarni xalqaro norma hamda shartnomalarga tayangan, xalqimizning qarashlarini inobatga olishga intilmoqda.
O’zbekiston dunyodagi mamlakatlar bilan markaziy hududda, shuningdek, butun dunyoda tinchlikni ta’minlash maqsadida hamkorlik yuritmoqda.

Mamlakatimiz yuzdan ortiq tashkilotlarga a’zo hisoblanib, unda terrorizm, diniy ekstremizm, narkotrafik hamda odam savdosiga qarshi keskin kurash olib borilyapti.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan beri mamlakat barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi. Bugungi kunda mamlakatimiz jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.


Xizmatlar



Xizmatlar 1 - 18 of 0
  • First
  • Prev.
  • Next
  • Last
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech