Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 fevral 2015 y. - 27 fevral 2015 y.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishg maqsadida, idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash bo‘yicha takomillashtirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan 27 fevral kuni UZINFOCOM hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari ishtirokida vazirlik va idoralar, davlat muassasalari mas’ul xodimlari uchun idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimining takomillashtirilgan shaklida ishlash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi. 

Axborot tizimi va savolnomaning yangicha ko‘rinishi dizayn va ma’lumotlarning taqdim etilish shakliga ko‘ra yanada qulaylashtirilgan, shuningdek unda tahliliy modul, savolnomani to‘ldirish yuzasidan tegishli eslatmalar, avtomatlashtirilgan yakuniy baholarning hisobini kuzatib borish mumkin. Davlat organlarining savolnomani to‘ldirishga mas’ul mutaxassislariga qulaylik yaratish maqsadida, ekspertlar tomonidan yakuniy baholar yuzasidan savolnomaning har bir bandiga izoh qoldirish imkoni yaratildi. 

Shu bilan birga, tizimda har bir davlat organi veb-saytining ayni paytdagi holatini kuzatib borish qulayligi ham yaratilgan. 
Seminarda ishtirok etgan mutaxassislar, davlat organlari mas’ul xodimlari o‘zlarini qiziqrtirgan savollariga javob oldilar. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech