Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 fevral 2015 y. - 26 fevral 2015 y.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston bank assosiatsiyasi bilan hamkorlikda  Toshkent moliya institutida "Bank tizimida elektron to’lovlar va interaktiv xizmatlarii rivojlantirishning dolzarb masalalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010- yil 26- noyabrdagi PK-1438 sonli "2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida"gi qarorining ijrosini ta'minlashdan iboratdir.

Davra suhbati jarayonida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank, tijorat banklari, Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mutaxassislari ishtirok etishdi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Interaktiv xizmatlarning yagona portalini rivojlantirish bo'limi boshlig’i Umarov Baxtiyor  “Bank sohasida interaktiv xizmatlar” mavzusida o’tirganlarga taqdimot namoyish etib Yagona portalda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida so’zlab berdi.

Eslatib o’tamiz, Yagona portal orqali yuridik shaxs maqomiga ega kichik biznes sub’yektlarining kredit olishi uchun arizalarni yuborish interaktiv xizmati, bank to’lovi kartochkasini olish uchun ariza yuborish, qishloq joylarida namunaviy uy-joylar masalalari bo’yicha shikoyatlarni taqdim etish, to’lov terminaliga ega bo’lish uchun onlayn ariza yuborish kabi xizmatlar yo’lga qo’yilgan.

Qolgan tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan barcha xizmatlar ma’lumot ko’rinishiga egadir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech