Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 yanvar 2015 y. - 15 yanvar 2015 y.

Poytaxtimizda “Janubiy Koreya tajribasida axborotlashtirishga oid loyihalarni baholash metodikasi va dasturi” mavzuida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Koreya Respublikasining Axborotlashgan jamiyat masalalari bo’yicha milliy agentligi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

Janubiy Koreyaning Chun’ang universiteti professor-o’qituvchilari ishtirokida o‘tgan o’quvda 40 dan ziyod vazirlik va idoralar mas’ul vakillari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi mas’ullari hamda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislari ishtirok etdgan. Seminarda ishtirokchilarga axborot texnologiyalari foydalanuvchilarining fikriga asoslangan holda, axborot texnologiyalari mahsulotlarini yaratishning xalqaro standarti – “funksional nuqtai nazarlar usuli” asosida jamiyatdagi axborotlashtirish jarayonlarini samarali joriy qilish va axborotlashtirish strategiyasini rejalashtirish yo‘nalishlarida ma’lumot berildi. Treningda xalqaro mutaxassislar axborot tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirishga oid loyihalarni rejalashtirish va baholashning zamonaviy usullari, ma’lumotlar bazalarini yaratishga oid loyihalarni ishlab chiqishda e’tiborga olish lozim bo’lgan jihatlar, xususan foizli hisob-kitob usuli, mehnat resurslaridan foydalanish va maosh uchun xarajatlarni hisob-kitob qilishga doir tajribalarini xususia fikr almashdilar. Shuningdek, “O’zaloqakonsalting” mutaxassislari Aloqa qo’mitasi tomonidan “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida tatbiq etilayotgan axborot tizimlarini yaratishga oid loyihalarning qiymatiga oid taqdimot bilan chiqish qildilar. Seminar yakunida O’zbekiston Respublikasida axborot tizimlarini yaratish qiymatini baholashning milliy uslubini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech