Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 fevral 2015 y. - 19 fevral 2015 y.
2015 yilning 19 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda davlat organlari veb-saytlarini takomillashtirish, xususan saytlarda davlat organlari faoliyatiga oid “ochiq ma’lumotlar”ni e’lon qilib borish masalalari yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Markaziy bank, Statistika davlat qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari, mas’ul xodimlari, shu bilan birga BMT ning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi vakillari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilish davomida qatnashchilar Davlat ochiq ma’lumotlar portali, Davlat xizmatlari, forma va blankalar yagona reyestri faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Ekspertlar tomonidan davlat organlari veb-saytlarining bugungi holati, kamchiliklar qayd etildi. 

Yig‘ilish so‘ngida zarur masala va istiqboldagi chora-tadbirlar, kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tavsiya hamda topshiriqlar qabul qilindi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech