Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 dekabr 2014 y. - 26 dekabr 2014 y.

«Uzbektelekom» Aksiyadorlik kompaniyasining «Telekommunikasiya va personalni rivojlantirish Markazi»da «Ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish va veb-saytlarda ma’lumotlarning ochiq tarqatilishi bo’yicha koreya-o’zbek tajribasi» mavzusiga bag’ishlangan videokonferensiya bo’lib o’tdi.

Videokonferensiyaning asosiy maqsadi axborot texnologiyalarida ochiq ma’lumotlar (Open Data) hukumat portali va katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) boshqarishni o’rganish, shuningdek “Elektron hukumat” tizimininig sifatli rivojlanishini yanada jadallashtirish masalalarini ko’rib chiqish va o’rganishdir.

Videokonferansiya davomida O’zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar portalining yaratish omillari, portalning yaratilish zaruriyati va muhimliligi, qonunchilik asoslarining shakllantirilishi bo’yicha muhokama o'tkazildi. Bunda O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi, “Elektron hukumat” tizmini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi, “Uzinfokom” DUK hamda «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi vakillari ishtirok etdilar. Videokonferensiya davomida mavzu yuzasidan savol-javoblar o’tkazilib, qatnashuvchilar va soha mutaxassislari o’zaro fikr almashdilar.

Muhokamada Koreya Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) hamda Davlat boshqaruvi va ichki ishlar Vazirligi (MOGAHA) vakillari o’z bilim va tajribalarini bayon etishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech