Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

Munosabatalar raqamli shaklga ko'chganda ...

05 aprel 2016 y.    14:12
Tarixiy manbaalarning guvohlik berishicha, qog'oz mahsuloti milodning 100 yillaridan boshlab ommaviy ishlab chiqarila boshlangan. “Buyuk g'oyalar qog'ozda tug'iladi,” degan qadimgi yunon hikmatida jon bor. Qog'oz insoniyatning savodini chiqardi, odamzodni ma'rifatli qildi. Asrlar o'tib qog'oz mahsuloti axborot tashuvchi muhim vositaga aylandi. Muhim yangiliklar unda zarb qilindi. Qog'oz yordamida inson haq-huquqlari ta'minlandi, adolat o'rnatildi. Mamlakatlar mustaqilligi qog'ozda imzolandi.

Aхborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish omili sifatida

23 fevral 2016 y.    10:26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida “Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir” – deb ta’kidladi.

КИМ НАМ СОК: “Электрон ҳукумат” тизими мамлакат имкониятларини максимал даражада оширади

19 yanvar 2016 y.    15:30
“Электрон ҳукумат” тушунчаси Ўтган аср 90-йилларининг ўрталарида дунёнинг ривожланган мамлакатлари компьютер ва интернет каби ахборот-коммуникацион технологияларидан фойдаланиб, давлат бошқаруви тизимида ислоҳот ўтказиш бўйича ҳаракатларни бошлашган. Давлат бошқаруви тизимининг самарадорлигини ошириш ва фуқароларга давлат хизматларини кўрсатиш даражасини ошириш учун ислоҳот ўтказишнинг энг кучли стратегияси сифатида электрон ҳукумат белгиланган ва шундан бошлаб электрон ҳукумат тизимини яратиш бўйича кенг кўламдаги лойиҳалар бошланган.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xalqaro aloqalari

18 yanvar 2016 y.    14:01
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi munosabatlar sathi tobora kengaymoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz va Janubiy Koreya Respublikasi o’rtasidagi keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va ilmiy aloqalarning rivojlanib borayotganligi o’zaro hamkorlikning samarali yo’lga qo’yilganligidan dalolat beradi.

40 мингдан ортиқ фирмалар электрон тарзда давлат рўйхатидан ўтди

30 noyabr 2015 y.    09:32
Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали тадбиркорлик субъекти сифатида давлат рўйхатидан ўтиш тизими жорий этилгандан бери фуқаролар томонидан юборилган аризалар сони 40 000 дан ошди. Шу кунгача аризаси қаноатлантирилган, яъни тадбиркор сифатида рўйхатдан ўтганлари сони 39 000 дан ошиқ аризани ташкил этмоқда.

Tadbirkorlik faoliyati

24 noyabr 2015 y.    11:42
2011-2015 yillar davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar miqyosini kengaytirish va chuqurkashtirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish doirasida faqatgina so‘nggi yilning o‘zida tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralar aralashuvini kamaytirishga oid aniq chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarlidi.

Ахборот-коммуникация соҳаси жадал ривожланмоқда

21 sentyabr 2015 y.    15:35
Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha milliy sammit – “AKT-sammit – 2015” bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, tarmoqning galdagi strategik vazifalari muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzohidov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili S.Prisner va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida axborot-kommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida tarmoqning jadal rivojlanishiga erishilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mamlakatimiz axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarini yanada taraqqiy ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjat bilan tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi mamlakatimizda «elektron hukumat»ni shakllantirish va keng qo‘llashning muhim asoslaridan biriga aylandi.

“LG CNS Uzbekistan” O'zbekistonda elektron hukumatni rivojlantiradi

16 sentyabr 2015 y.    15:29
Respublikamizda dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorini rivojlantirish, davlat organlari va mamlakatimiz korxonalariga eng zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mazkur ishning yo‘nalishlaridan biri dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yirik chet el kompaniyalarini jalb etish hisoblanadi.
Shu maqsadda «LG CNS» koreys kompaniyasining katta tajribasi va keng imkoniyatlarini hisobga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish sohasiga chet el investitsiyasini jalb qilish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq «LG CNS Uzbekistan» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan AKT haftaligi doirasida 14-sentyabr kuni O‘zbekiston-Koreya «LG CNS Uzbekistan» qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Elektron hukumat" tizimi: Qulay, tezkor va ishonchli

16 sentyabr 2015 y.    11:54
Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiyotimiz tarmoqlari va hayotimizning barcha sohasiga keng tatbiq etishga, tadbirkorlik sub’ektlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmati turlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2013- yil 27- iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirib, fuqarolar tomonidan axborotni izlash, olish va tarqatish hamda axborot xizmatlaridan foydalanish tizimini takomillashtirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Ina Gudeli: Axborot insonni emas, inson axborotni boshqarishi kerak

16 iyul 2015 y.    15:59
Poytaxtimizda yaqindagina o‘tkazilgan “Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda axborot kompyuter texnologiyalarining vazifasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro davra suhbatida Latviya Respublikasining Elektron hukumat tizimini rivojlantirish vazirligining sobiq vaziri Ina Gudeli xonim ham qatnashdi. Fursatdan foydalanib biz ular bilan elektron hukumat, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati, qadriyatlar, ayol va uning jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida suhbatlashdik. Ina Gudeli Lattelecom yirik aloqa operatori loyihalarining rahbari bo‘lib o‘n yil davomida ishlagan. Avval Elektron hukumat tizimini rivojlantirish vazirligi devonxonasida devonxona rahbari, so‘ng ushbu tizimda vazir lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozir E-biznes dasturining direktori, Biznes ma’muriyati va Riga Oliy iqtisod maktabining rahbari.
Новости 1 - 10 of 14
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech