Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yagona portal: fuqarolar uchun katta qulayliklar yaratilmoqda

16 iyul 2015 y.    13:13
Mana, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ishga tushganiga ham ikki yil bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida portal oldiga qo‘yilgan maqsadlariga qay darajada erishildi? Fuqarolar portal orqali davlat idoralariga qanday masalalarda murojaat qilmoqda, ularning so‘rovlari qay darajada qondirilmoqda? Ushbu maqolada shu kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, portal o‘z xizmatlari bilan chekka-chekka qishloqlargacha kirib bordi, fuqarolarimizda o‘z haq-huquqlari va yaratilgan qulayliklardan oqilona foydalanish hissini uyg‘ota oldi. Buni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yo‘llangan ko‘plab mulohazalardan ham bilsa bo‘ladi.

Yagona portal – aholi manfaatlarining ko‘zgusi

16 iyul 2015 y.    13:09
UZ domen zonasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga “bir oyna” tamoyili asosida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushganligiga bugun ikki yil bo‘lmoqda. My.gov.uz internet manzilida faoliyat olib boruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 30- dekabrda qabul qilingan “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali hisoblanadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanuvchi fuqarolarga foydalanuvchining shaxsiy kabineti taqdim etiladi.

Yagona portalda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar tahlili

14 iyul 2015 y.    17:25
Har qanday mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, madaniy va ma’rifiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri ularning sifatli mahsulotga bo‘lgan talabi va xarid qilish imkoniyati bilan belgilanadi. Internet tarmog‘ining rivojlanishi, banklar tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlari xaridorligi ta’minlanmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi tushumlar oshishiga olib keladi.

“Elektron hukumat”: qulay va xavfsiz

17 aprel 2014 y.    12:37
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanmoqda.Davlatimiz rahbarining 2013- yil 27- iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori axborot sohasini takomillashtirishda muhim omil bo‘layotir. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Qaror ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida yangi tuzilmalar – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirishdek muhim maqsad va vazifalar qo‘yildi.
Новости 21 - 24 of 24
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech