Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 noyabr 2016 y.    16:40
Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari ham o‘z ifodasini topdi. “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan. Kompleks dastur O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 12 ta kompleks axborot tizimlari va 6 ta markaziy ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga oladi. Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 - yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshirildi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtirish barobarida aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi. Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda. Dasturga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar prinsipi asosida Yagona identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. 
Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Ular orasida gov.uz, e-kommunal.uz, stat.uz, soliq.uz, lex.uz, uzbekenergo.uz, mfa.uz, licence.uz kabilar mavjud. gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali, tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron - axborot munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. 
«e-kommunal.uz» portali – kommunal xo‘jalik sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bo‘lib, aholi, nazorat organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, kommunal xizmatlar o‘rtasida axborot almashinuvini soddalashtiradi. stat.uz va soliq.uz - statistika, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan elektron ko‘rinishda yig‘ish va qayta ishlash tizimi. 
lex.uz - 25 mingdan ziyod me’yoriy hujjatlarni erkin foydalanish uchun O‘zbekiston Milliy qonunchilik bazasi. 
uzbekenergo.uz - elektr energiya iste’molchilarining har biri uchun o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishini ta’minlovchi shaxsiy kabinetlari. 
mfa.uz - chet el fuqarolarining O‘zbekistonga viza rasmiylashtirishlari uchun onlayn-so‘rovnoma.
 licence.uz - Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va ruxsat berish taomillari ro‘yxati, litsenziya, ruxsatnoma va boshqalarni olish uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi umumiy litsenziyat portali. 
Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi, Milliy geografik axborot tizimi, Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning avtomatlashgan kompleks tizimi, Avtotransport vositalari ma’lumotlar bazasi kabi loyihalar “Elektron hukumat” tizimini samarali joriy etishning muhim bosqichi hisoblanadi. Jumladan, bu kabi loyihalarni shakllantirish chog‘ida tegishli tuzilmalarning ma’sul shaxslari hamda chet el hamkorlari bilan suhbatlar olib borildi va investitsiyalar kiritildi. Xususan, Milliy geografik axborot tizimini tuzish va Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tqazishning avtomatlashgan kompleks tizimini yaratish investitsion loyiha asosida amalga oshirilib, chet ellik mutaxassislar tajribasidan keng foydalanilmoqda. Bu loyiha 2018 yilning birinchi yarmida nihoyasiga yetkazilishi va hayotga tadbiq etilishi kutilmoqda. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, LG CNS Uzbekistan bilan hamkorlikda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasini yaratish ishlari tugatildi. Unga ko‘ra mamlakatimiz rezidentlari va norezidentlari hamda fuqaroligi bo‘lmagan, mamlakatda doimiy yashaydigan shaxslar haqidagi umumiy ma’lumotlar Yagona ma’lumotlar bazasida to‘planadi. Ular haqidagi ma’lumotlar axborot tizimlari uchun ochiq bo‘ladi va «Elektron hukumat» tizimi orqali turli hududlarda yashovchi aholi sonini hisoblash, ularning ro‘yxatini tuzish imkonini beradi. 
Jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasi ularning yagona va universal identifikatsiyalash hamda ular xaqidagi asosiy ma’lumotlarni saqlaydigan vositadir. Albatta, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi oldida aholi manfaatlarini ko‘zda tutgan, vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beruvchi, kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifalar ko‘p. Davlat organlari, biznes vakillari hamda aholi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashda o‘z vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda “Elektron hukumat” Markazining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar “Elektron hukumat” Markazining belgilab qo‘yilgan kelgusidagi istiqbolli rejalari asosida amalga oshiriladi.  

223023786_102952_17678856135530906422.jpg

Aziz Azimov, “Elektron hukumat” markazi departament boshlig‘i 
Sanjar Ibragimov, “Elektron hukumat” markazi 1-toifali mutaxassisi
Manba: xabar.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech