Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 yanvar 2018 y.    12:17
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Yagona davlat interfaol xizmatlari portalining 2017-yildagi faoliyatini sarhisob qildi 

Hisobot davrida davlat interaktiv va avtomatlashtirilgan xizmatlarini takomilashtirish hamda ommalashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, ishbilarmonlik, ko‘chmas mulk operatsiyalari, soliqqa tortish, davlat hujjatlari berish kabi sohalarda yangi interaktiv xizmatlar ishlab chiqildi. 

Amalga oshirilgan ishlar tufayli o‘tgan yilning oxiriga kelib, portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 239 mingdan oshdi. Yangi xizmatlar joriy etilishi bilan birga, YaDIXP mavqei ham ortib bormoqda, aksariyat odamlar davlat organlariga qog‘oz orqali emas, balki elektron tarzda murojaat qilishni afzal ko‘rmoqda. Shunday qilib, 2017-yil davomida portalga xizmatlardan foydalanish yuzasidan 762 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. O‘tgan yil dekabr oyining o‘zida 91 ming xizmat ko‘rsatilgan. Bu xizmatlarning 92 foizini bojxona xizmatlari tashkil etgan. Tashqi savdo shartnomalari haqida ma’lumot taqdim qilish, bojxona organlariga yuk deklaratsiyasini elektron tarzda topshirish xizmatlari shular jumlasidandir. 

2017-yilda davlat organlari orasida eng ommabopi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-sayti bo‘ldi. Moliya vazirligining byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha interaktiv xizmatlariga 34 mingdan ortiq foydalanuvchi murojaat qilgan. Bundan tashqari, hukumat portali (gov.uz) ga 13 ming foydalanuvchi tashrif buyurgani va u 79 ming martta ko‘rilgani qayd etilgan. 

Roman Bondarchuk, O‘zA 
Manba: uza.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech