Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 mart 2018 y.    18:32

2018 yil 15 mart kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida “Openbucks” kompaniyasi direktori Mark Rochman bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Markaz faoliyatiga tegishli masalalar hamda blokcheyn va bitkoin tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, elektron tijoratning hozirgi holati hamda bosqichlari, davlat va xususiy sektorlar hamkorligini takomillashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha fikrlar almashishdi. Har ikki taraf elektron tijoratni rivojlantirish sohasidagi muammolarni batafsil muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Openbucksning Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish mumkin boʻlgan sohalari muhokama qilindi. Hamkorlikda rejalashtirilgan loyihalaridan biri – xalqaro saytlarda online-toʻloʻvlarni amalga oshirish uchun Openbucks platformalarini Uzkard bilan integratsiyalash va tajriba sifatida Oʻzbekistonda elektron tijorat inkubatorini yaratishdir.

Uchrashuv yakunida Mark Rochman Oʻzbekiston Respublikasi bilan kelajakda yanada samarali hamkorliklar qilishga tayyorligini bildirdi.

Openbucks – Amerika kompaniyasi “naqd pul” vositasida internet toʻloʻvlarni amalga oshirishga mo'ljallangan bu xizmat foydalanuvchilarga toʻlovlarni bank kartalarisiz amalga oshirish imkonini beradi.

Openbucks Amerika va jahonning yirik chakana savdo kompaniyalari bilan toʻlov usuli sifatida ishlatiladigan sovgʻa kartalarini shakllantirish bo’yicha hamkorlik qiladi.


Axborot xizmati



 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech