Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
02 aprel 2018 y.    14:55

Markaz direktori mehmonlarga Respublikada elektron hukumat tizimini rivojlantirish, xususan, "bir darcha" markazlarining O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentliga o‘tkazilganligi hamda Davlat xizmatlarini korsatish markazlari deb nomlanganligi va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari togrisida ma'lumot berib otdi.

Janob Vazir Aryobi samimiy qabul uchun minnatdorchilik izhor qilib, mamlakatimizda AKT sohasini chuqurroq o‘rganish va tajriba almashish borasida katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, Afg‘onistonda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, milliy ID-kartalarini ishlab chiqish, AKT sohasidagi ta'lim tizimini takomillashtirish va raqamli savodxonlikni oshirish kabi masalalar haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv davomida elektron hukumat tizimini rivojlantirish uchun AKT sohasida mamlakatlar ortasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi va hamkorlik uchun asosiy yonalishlar belgilab olindi. Shuningdek, janob vazir tomonidan mamlakatimizga elektron hukumat bilan bog‘liq texnik masalalarni muhokama qilish uchun Afg‘oniston ekspertlarining tashrif buyurishlari rejalashtirilayotgani aytib o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida, ikkala mamlakat ortasida elektron hukumat sohasida hamkorlik ornatish masalalarini korib chiqishga kelishildi.


Axborot xizmati

 


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech