Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 avgust 2017 y.    11:17

21032309_1513637475341760_7365757533304845770_n.jpg

22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017-yilda soha oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosi muhokama qilindi. Hay’at yig‘ilishida vazirlikning hududiy boshqarma hamda tizimdagi muassasalarning joylardagi bo‘linmalari videokonferensaloqa yordamida qamrab olindi. Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilishda 5 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

Hay’at yig‘ilishida davlat organlarida ijro-intizomini nazorat qiluvchi Yagona idoralararo elektron tizimini joriy qilish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi to‘rtinchi masala sifatida muhokama qilindi. Unga ko‘ra:

- davlat organlarida ijro-intizomini nazorat qiluvchi Yagona idoralararo elektron tizimini to‘liq ishga tushirishni tezlashtirish;

- tizimning mamlakatimizda mavjud me’yoriy-huquqiy asoslarga muvofiqligini o‘rganish;

- davlat organlarining, asosan joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlarining bu tizimga texnik tayyorligi, shuningdek kadrlarning undan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini o‘rganish;

- har bir rahbar va davlat organi xodimining kundalik faoliyatini mazkur tizim asosida tashkil qilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining davlat organlariga yuklatilgan vazifalarining ijrosi ustidan real vaqt rejimida monitoring o‘rnatilishini kuchaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017-yilda soha oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosi muhokama qilindi. Hay’at yig‘ilishida vazirlikning hududiy boshqarma hamda tizimdagi muassasalarning joylardagi bo‘linmalari videokonferensaloqa yordamida qamrab olindi. Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilishda 5 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

20953326_1513637482008426_198174515628583135_n.jpg

Hay’at yig‘ilishida davlat organlarida ijro-intizomini nazorat qiluvchi Yagona idoralararo elektron tizimini joriy qilish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi to‘rtinchi masala sifatida muhokama qilindi. Unga ko‘ra:

- davlat organlarida ijro-intizomini nazorat qiluvchi Yagona idoralararo elektron tizimini to‘liq ishga tushirishni tezlashtirish;

- tizimning mamlakatimizda mavjud me’yoriy-huquqiy asoslarga muvofiqligini o‘rganish;

- davlat organlarining, asosan joylardagi mahalliy davlat hokimiyat organlarining bu tizimga texnik tayyorligi, shuningdek kadrlarning undan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini o‘rganish;

- har bir rahbar va davlat organi xodimining kundalik faoliyatini mazkur tizim asosida tashkil qilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining davlat organlariga yuklatilgan vazifalarining ijrosi ustidan real vaqt rejimida monitoring o‘rnatilishini kuchaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Manba: mitc.uz

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech