Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 dekabr 2017 y.    15:42

2017 yilning 21 dekabrida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida (Markaz) Moskva shahridagi Argentina elchixonasining konsullik bo‘limi delegatsiyasi vakillari M.Disser va G.Fiyelli bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Markaz direktori Z.Raxmatullayev tomonidan Markazning asosiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. O‘zbekistonda elektron hukumatni shakllantirilishidagi asosiy muhim vazifalar haqida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlash mexanizmi va Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida tomonlar elektron hukumat arxitekturasi va uni rivojlantirish borasida o‘zaro fikr almashishdi. Shuningdek, kelgusida tomonlar elektron hukumat bo‘yicha o‘zaro tajriba almashib turishga kelishib olishdi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar AKT sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech