Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 mart 2018 y.    16:54

2018 yil 30 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada “Elektron hukumat” markazi xodimlari ham faol qatnashishdi. Mehnat yarmarkasida “Elektron hukumat” markazi vakillari tomonidan universitet talabalari va sohaga qiziqqan yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida yoshlarga mavjud bo'sh ish o'rinlari va kadrlarga bo'lgan talablar haqida yetarlicha ma'lumotlar berildi. Markazga ishga kirish xohishini bildirganlar talabgorlar o'z ma'lumotnomalarini ko'rib chiqish uchun taqdim etdi.

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi ish beruvchilar va o'quv muassasalari orasidagi aloqalarni yanada yaxshi yo'lga qo'yilishiga hamda aholi bandligini ta'minlash yo'lida xizmat qilib kelmoqda.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech