Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 avgust 2017 y.    10:26
Shu o‘rinda mazkur tadbirda “Elektron hukumat” AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti boshlig’i v.b. Go'zal Ismatullaeva ham samarali mehnatlari, erishgan yutuqlari hamda aloqa sohasi rivojlanishiga qo'‘shayotgan hissalari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ”Fahriy yorliq” bilan taqdirlandi.

Go'zal Ismatullaeva davlat, xoʻjalik boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini tizimli tahlil qilish va baholash, axborot tizimlari va resurslarinini joriy etish holatini oʻrganish, AKT holatini baholashda yagona mezonlarini ishlab chiqish, shuningdek interaktiv davlat xizmatlarni joriy etish va taqdim qilish holatini tahlil qilish, idoraviy axborot tizimlarini qonunchilikka muvofiqligini ekspertiza qilishdasamarali mehnat qilib kelmoqda.

“Elektron hukumat” markazi jamoasi Departament boshlig’i v.b. Go'zal Suratovnani “Fahriy yorliq” mukofoti bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech