Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 sentyabr 2017 y.    15:56

21-22 sentyabr kunlari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Butunjahon banki eksperti janob Randip Sudan (Randeep Sudan) va bosh mutaxassisi janob Rajendra Singx (Rajendra Singh) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ekspertlar tomonidan “Digital CASA Uzbekistan” loqihasi taqdimoti namoyish etildi.

Xalqaro ekspert Randip Sudan o‘z chiqishida dunyoda elektron hukumat tizimini rivojlanishi haqida bayon etgan bo‘lsa, bosh mutaxassis Rajendra Singx elektron hukumatning rivojlanishida telekommunikatsiyaning muhim o‘rni haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan elektron hukumatni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech