Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 may 2018 y.    17:25

2018 yilning 28 mayidan 7 iyuniga qadar oʻtkaziladigan “Loyihani tayyorlash missiyasi – Digital CASA raqamli loyihasi” (Loyiha) tadbiri doirasida "Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Butunjahon banki konsultantlari Olga Grishina, Vlad Manoil, Fazliddin Raximov, Markaz rahbatiyati va hodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda mehmonlarga elektron hukumat tizimining tadbiq etilishi va rivojlanishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, bank vakillari Markaz yutuqlari va amalga oshirilayotgan loyihalari haqida xabardor qilindi. Shuningdek, Vlad Manoil elektron hukumatning Moldaviya rivojlantirish tajribasi haqida so’zlab berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va loyiha doirasida kelgusidagi uchrashuvlar haqida kelishib olishdi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech