Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 dekabr 2016 y.    11:31

Yagona portaldagi “Bojxona” sohasi xizmatlari roʻyxatiga yangi “Chet el tovarlarining harakatiga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash bo’yicha korxonalar ma’lumotnomasiga korxonani kiritish uchun elektron murojaat yuborish” xizmati qoʻshildi. Ushbu xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralaridan avtomobil transporti orqali tovarlarni olib oʻtishda manfaatdor shaxslar foydalanishi mumkin.

Foydalanuvchi Yagona portalda real vaqt rejimida bojxona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda ariza shaklini toʻldirishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2016 yil 19 avgustdagi Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona toʻlovlari to’lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazarot qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 01-02/12-58-sonli Qaroriga koʻra xizmat toʻlovi undirilmaydi.

Xizmat natijasi boʻlib 10 kun mobaynida indentifikatsion kod olish hisoblanadi.

Manba: my.gov.uz

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech