Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 iyun 2017 y.    11:01
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazida odatiy o‘tkazilayotgan Haftalik kollegial seminar doirasida Intellektual mulk agentligining faoliyatida ATni tatbiq etish va qo‘llash, innovatsion trendlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi. 
98644086-3487-44b5-b118-a64d9bdbf649.jpg
"Intellektual mulk agentligi" huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash” boshqarmasi boshlig‘i Alisher Jo‘rayev Agentlik faoliyatida AKTni qo‘llash xususida ma’ruza qildi. Ma’ruzada u asosan, Xalq bilan muloqot qilish yilida tashkilotda interaktiv kommunikatsion vositalarni qo‘llash jarayonini alohida ta’kidladi. Bu yil Intellektual mulk agentligi direktorining Virtual qabulxonasi ish boshlaganligini yig‘ilganlarga bildirdi. Bundan tashqari 17 maydan to shu kunga qadar 20 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ular hal qilingan.
edb1cd89-1958-47c9-9890-6cab7871c3ab.jpg
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi mutaxassisi Lutfullo Akrom Intellektual mulk agentligi faoliyatida "Elektron hukumat" tizimini mexanizmlarini rivojlantirish va tadbiq etish masalalarini yoritib berdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar davlat tashkilotlarining qilayotgan ishlarini o‘zaro taqqoslashga qaratilgan bo‘lib, ular seminar jarayonida fikr-taklif, mulohaza hamda tajriba almashish imkoniga ega bo‘lishadi. Seminarlar jamoatchilik uchun ochiq tarzda o‘tkazilib, unda jamoatchilik a’zolari va OAV xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin.

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech