Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 dekabr 2017 y.    17:36

22 dekabr kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Eastwind kompaniyasi direktori Bubnov Boris Gennadyevich boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlanishi va holati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Eastwind kompaniyasi vakillari yangi ishlab chiqarilayotgan “Milliy messenjer” loyihasini tanishtirdi. Mazkur mahsulot, birinchi navbatda xavfsiz, kommunikatsiya uchun zamonaviy vosita, elektron shakldagi hamyon hamda qulay shahar xizmatlarini taqdim etuvchi ilova hisoblanadi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon mazkur loyihaning elektron hukumat uchun ahamiyatli tomonlari haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston uchun mazkur loyihani sinov tariqasida joriy etish masalalari yuzasidan qiziqish bildirildi.

Eastwind – Rossiyaning yirik ishlab chiqaruvchilari va dasturiy ta’minot yetkazib beruvchilardan biri bo‘lgan hamda faol rivojlanayotgan kompaniya.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech