Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 oktyabr 2017 y.    09:51

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi tomonidan “Elektron hukumatni va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishni kelgusida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va regulation.gov.uz portaliga muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjat loyihasi AKT infratuzilmasi, davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini muqobillashtirish, axborot xavfsizligi va elektron hukumatni rivojlantirish hamda boshqa bir qator ustuvor yo‘nalishlarni o‘zida aks ettirgan.

Konsepsiyani amalga oshirish natijasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklarni yaratish, biznesni joriy etish sharoitlarini yaxshilash, davlat xizmatchilari sonini muqobillashtirish, yangi xizmatlarni joriy etish hisobiga yangi ish o‘rinlarini kengaytirish, shuningdek "Elektron hukumat"ni rivojlantirish bo‘yicha dunyo miqyosida birinchi 50 ta yetakchi davlatlar qatoriga kirish hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha 80chi o‘ringa ko‘tarilish ko‘zda tutilgan.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech