Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 avgust 2017 y.    10:14
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida yosh kadrlarning salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi sifatida Markazning besh nafar yosh mutaxassislari chet mamlakatlarda 2017-2019 yillar oralig‘ida ta’lim olib, o‘z ilmiy salohiyati va kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Xususan,
Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentining bosh mutaxassisi Rumila Dautova Janubiy Koreyaning Yongnam universitetining PHD bosqichidagi Biznesni boshqaruv yo‘nalishida ilmiy ish tayyorlash grantini qo‘lga kiritdi.
Elektron hukumat tizimi arxitekturasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Xushnud Sapayev dunyodagi nufuzli AQShdagi Maksvell Sirakuza nomidagi Fuqarolik va jamoatchilik universiteti magistraturasining Davlat boshqaruvi yo‘nalishi grantini qo‘lga kiritdi.
Hududlarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish departamentining yetakchi mutaxassisi Feruza Madaminova Osiyo Taraqqiyot Bankining grantini yutib olib, Yaponiya xalqaro universiteti Xalqaro aloqalar fakultetiningmagistraturasida tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi.
Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentining yetakchi mutaxassisi Abbos Sobirjonov Yevropa Ittifoqi Erasmus Mundus magistraturasining Davlat boshqaruvida innovatsiyalar va elektron hukumat tizimini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha grant yutib oldi. Ushbu grant asosida ta’lim olinganida Yevropa mamlakatlarining (Belgiya, Germaniya, Estoniya) ilg‘or tajribalari o‘rganiladi hamda ta’lim oluvchilar amaliyotni ushbu mamlakatlarda o‘tashadi.
Davlat boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Amir Nosirov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida Koreya Respublikasida magistratura yo‘nalishida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan Markaz hodimlarini erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz! Kelgusida ular mamlakatimizda Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari hamda elektron hukumat sohasini rivojlantrishga o‘z xissalarini qo‘shishlariga ishonamiz!

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech