20 mart 2018 y.
10:16
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Navro'z bayramini ko'tarinki ruhda nishonlamoqda. An'anaga ko'ra joriy yilda ham dosh qozonda sumalak tayyorlandi.
Bayramni yanada quvonchli va esda qolarli tarzda o'tkazish hamda xodimlar o'rtasida birdamlikni oshirish maqsadida milliy taomimiz palovni tayyorlash bo'yicha "Mohir oshpaz" tanlovi o'tkazildi.
Tanlovda uch turdagi palov tayyorlanib, ekspertlar tomonidan haqqoniy baholandi va tanlov yakunida barcha oshpazlar Markaz rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati