Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
08 iyun 2017 y.    17:13
Avtomobil halokati ro‘y berganida yoki suvga cho‘kish holati yuz berganda, jabrlanuvchiga qanday birinchi yordam ko‘rsatish mumkin? Aynan shu va mavzuga aloqador boshqa savollar bo‘yicha Fuqaro muhofazasi institutining “Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash” kafedrasining o‘qituvchilari tibbiyot fanlari nomzodi G‘afurov Ne’mat Nazirovich va Nazarova Navbahor Narzullayevnalar olib borgan o'quv mashg'ulotida Markaz xodimlariga batafsil ma’lumot berildi. 
6826fdac-acba-4263-a534-c733c9cebef3.jpg

 Seminar nafaqat nazariy, balki amaliy mashg‘ulotni ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda Markaz xodimlari olgan ko‘nikmalarini sinab ko‘rishdi. Eslatib o‘tamiz, 2- iyundan boshlab “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda “Favqulodda holatlarning oldini olish hamda fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish” 10 soatlik kursi tashkil etilgan edi.

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech