Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
06 dekabr 2017 y.    17:25

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Fayzulla Aripjanov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida asosiy normalar inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, hamda qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari hususida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari B.Boboyorov va Z.Abdullayevalarning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda B.Boboyorov “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech