Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
01 dekabr 2016 y.    12:29
30 noyabr kuni “Elektron hukumat” markazida joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga binoan tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Markaz direktori Sherzod Habibullayev nutq so‘zlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tish tartiblari, saylov madaniyati haqida keng tushunchalar berar ekan, mazkur saylovda ishtirok etish har bir fuqaroning Konstitutsiyaviy burchi ekanligini, hamda xar bir fuqaro ushbu imkoniyat orqali o‘z yurtining rivojiga hamda kelajagida o‘z tanlovi orqali ishtirok etishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan bir qatorda barcha xodimlarni 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 
Shuningdek, yig‘ilishning kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Markaz direktori o‘z nutqida Mamlakatimiz qomusi – Konstitutsiyamizning davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishdagi ahamiyati hamda jamiyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilayotgani haqida ta’kidladi. 

Axborot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech