Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 sentyabr 2017 y.    16:32

ICTWEEK Uzbekistan - O‘zbekiston AKT haftaligi mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. AKT haftaligi doirasida Sammit, Forum va Ko‘rgazma, shu bilan birga bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlar, taqdimotlar va aksiyalar tashkil etiladi.   

22 sentabrda ICTWEEK Uzbekistan 2017 an’anaviy AKT haftaligining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimida nufuzli tadbirni tashkil etishga hissa qo‘shgan hamkor hamda homiylarning sa’y-harakatlari e’tirof etildi.

Shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mazkur AKT haftaligini tashkil etish va o‘tkazishda faol xizmat ko‘rsatgan hamkor tashkilot sifatida e’tirof etildi va taqdirlandi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech