Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
02 oktyabr 2017 y.    09:25

Axborot-texnologiyalari sohasiga hissa qo‘shuvchi yetuk mutaxassislarni tayyorlashda yoshlar uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu borada yutuqlarga erishayotgan yoshlar orasida “Elektron hukumat” markazining xodimlari ham bor. Jumladan, Interaktiv xizmatlarning Yagona portalini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i O‘rinov Husniddin Nizomiddinovich ilmga intiluvchan yoshlar qatorida o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish eta olgan yosh kadrlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistratura bosqichining “Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi bo‘yicha kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

Markaz jamoasi Husniddin O‘rinovga kelgusida mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim olishiga ishonch bildiradi va omad tilab qoladi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech