Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 aprel 2018 y.    11:48

2018 yilning 25 aprelida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Gemalto vakillari bilan uchrashuv bo‘lib otdi. Bu kompaniya raqamli xavfsizlik texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘lib, banklar, davlat loyihalari, transport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli yechimlar yaratadi. Uchrashuvda davlat dasturlari bo‘yicha Gemalto president o‘rinbosari Fernando Zotto, O‘zbeksiton Savdo-sanoat palatasining Shvetsariyadagi vakili, Gemaltoning savdo direktori va innovatsion va texnik marketing direktorilari ishtirok etishdi.

Markaz rahbariyati mehmonlarga respublikamizda AKT va “Elektron hukumat” tiziminining rivojlanishi haqida, xususan, milliy ID-kartalarni takomillashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar borasida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

Gemalto vakillari elektron shakldagi shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar bo‘yicha loyiha taqdim etdishdi. Fernando Dal Zotto ochiq investitsiya siyosati tufayli bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro kompaniyalar uchun, ayniqsa, innovatsiya va AKT sohasida eng o‘ziga jalb etuvchi davlatlardan biri ekanini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qaror qilishdi hamda innovatsion texnologiyalar va smart-kartalar ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashish mumkin bo‘lgan barcha loyihalar ro‘yxatini tuzishga kelishishdi.


Аxborot xizmati

 


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech