Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 yanvar 2018 y.    16:33

Hududlarning axborotlashtirish tizimini joriy etish va takomillashtirish yuzasidan hamda hududlarga biriktirilgan sektor rahbarlari ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Hudud” axborot tizimini tadbiq etish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

photo_2018-01-22_14-39-20 (2).jpg

Shu munosabat bilan, mazkur axborot tizimini joylarda joriy etish yuzasidan 2018 yilning 22 yanvar kunidan boshlab tasdiqlangan jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda hududlarga biriktirilgan sektor rahbarlari uchun o‘quv seminarlari boshlandi. Seminarda hududlarga biriktirilgan sektor (hokimiyat, prokuratura, IIB, soliq) rahbarlari va tizimga ma’lumotlarni kiritib borishga mas’ul xodimlar uchun ushbu tizimdan foydalanish hamda ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar beriladi.

Bugun, 22 yanvar kuni mazkur seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida o‘z ishini boshladi va seminarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining va “Uzinfokom” markazi mas’ul xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Shu o‘rinda, ma’lumot tarzida ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha biriktirilgan sektorlar rahbarlariga yuklatilgan vazifalar bajarilishini yengillashtirish va ularning faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida har bir sektor rahbarlari planshet qurilmalari bilan ta’minlanganlar. Mazkur planshet qurilmalari hamda “Hudud” axborot tizimi yordamida joylardagi turli ob’ektlar pasportlari (maktablar, bozorlar, tibbiyot muassasalari, kommunal xo‘jaligi, ularning holati va hokazolar), hodisalar (huquqbuzarliklar, murojaatlar soni va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamma joylardagi aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan ma’lumotlarni kiritib borish imkoni yaratilgan.

Seminar joriy yilning 1 fevraliga qadar butun respublika bo‘ylab barcha viloyatlarda tashkil etiladi.

Axborot xizmati 


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech