Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 dekabr 2017 y.    17:30

19 dekabr kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining eng asosiy va umidli axborot hamkorlaridan biri bo‘lgan InfoCom.uz jurnalining 15 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
25531867_1527343887357045_1804673521105742455_o.jpg
Tadbirga jurnalda chop etilgan maqolalar mualliflari, jurnal asoschilari va ta’sischilar taklif etildi. Tadbirning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvsi Sherzod Xotamovich Shermatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, jurnalning tashkil etilish tarixi, muhim voqealari va qiziqarli ma’lumotlar bilan yig‘ilganlarni jurnalning bosh muharriri Aleksandr Anatolyevich Suchkov tanishtirdi. 
25398621_1527345097356924_270464755877003674_n.jpg
Shu bilan birga, tadbirda jurnal jamoasi tomonidan nashrning faoliyatida o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan hamkorlar va faol yozuvchilarga, shuningdek hamkor tashkilotlarga chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida diplomlar topshirildi. Mazkur minnatdorchilik diplomi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga ham taqdim etildi. 
O‘z navbatida, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi InfoCom.uz jurnaliga kelgusi faoliyatida gullab yashnashi va qiziqarli g‘oyalar bilan o‘quvchilarni mamnun qilishida ulkan zafarlar tilab qoladi.


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech