Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 oktyabr 2017 y.    17:41

2017 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining Axborot xizmatlari xodimlari, shuningdek, OAV vakillari uchun Interaktiv Davlat xizmatlarining Yagona Portali orqali davlat xizmatlarini targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu trening O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Osiyo Taraqqiyot Banki ko‘magidagi Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat loyihasi doirasida tashkil etildi.

Vorkshop formatida bo‘lib o‘tgan seminar chog‘ida axborotlarni tarqatishda samarali usullar, Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini samarali targ‘ib qilishda yangi metodlardan foydalanish, zamonaviy media formatlarni ishga solish bilan bog‘liq ma’lumotlar berildi.

Bunday seminarlarni o‘tkazish raqamli madaniyatni oshirishga, davlat boshqaruv organlari PR xizmatlari xodimlari, shuningdek, jurnalistlarning elektron hukumat targ‘ibotiga oid bilimlari va imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi hamda “Xalq bilan muloqot yilida alohida ahamiyat kasb etadi.


Axborot markazi


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech