Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 dekabr 2017 y.    16:45

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida joriy yilninig 26-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2 noyabrdagi PQ-3371s-sonli qarori bilan tasdiqlangan “BMTTDning tinch va inklyuziv jamoalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish global loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat va chora – tadbirlarni qo‘llab – quvvatlash dasturi”ning 12-bandida belgilangan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” doirasida xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Unda “Respublika mahallalar kengashi”, “O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” hamda “O‘zagrotexsanoatholding” Aksiyadorlik kompaniyasining AKT mutaxassislari tashkilotda “AKTni joriy etish va rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, bunda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Eslatib o’tamiz, tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad, xo‘jalik muassasalarining ish jarayonida o’zaro tajriba almashishlarini yo’lga qo’yishdan iborat.

 

 Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech