Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 yanvar 2018 y.    20:10

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqinida (my2.gov.uz) Toshkent shahri bo‘yicha manzil-ma’lumotlarini berish xizmati ishga tushirildi.

Hozirda ushbu xizmat sinov rejimida ishga tushirilgan va undan faqat Toshkent shahri aholisi – jismoniy shaxslar foydalana oladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot - Toshkent shahri IIBB manzil-tergov byurosi.

Xizmatdan faqat my2.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Elektron buyurtma yuborilganidan so‘ng, 5 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Xizmat bepul taqdim etiladi.


Axborot xizmati

Manba: my2.gov.uz

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech