Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 fevral 2018 y.    17:45

Joriy yilning 23 fevral kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda Markazning bosh yuriskonsulti Z.Djavliyev tomonidan Markaz xodimlariga ushbu qonunning mazmun-mohiyati, normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati, yuridik kuchi hamda normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berilishi jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Mazkur qonun hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan Markaz xodimlarini tanishtirib borishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari muntazam yo‘lga qo‘yilmoqda.

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech