Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
02 mart 2018 y.    17:51

Joriy yilning 2 mart kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professori f.f.n. G.Tulenova ishtirokida markaz xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarning asosiy mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati to‘g‘risida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqiga bag‘ishlandi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech