Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 oktyabr 2017 y.    16:27

Raxmatullayev Zafar Maxamadjanovich “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining direktori etib tayinlandi. Yangi direktorni tayinlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Umarov Olimjon Muxamadjanovich, “Elektron hukumat” markazi direktori o‘rinbosarlari Kayumov Shuxrat Shukurovich, Aripjanov Fayzulla Abdullayevich hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.

30102017.jpg

 

Raxmatullayev Zafar Maxamadjanovich shu kunga qadar Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

 

“Elektron hukumat” markazi jamoasi Zafar Maxamadjanovichga kelgusi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

 

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech