Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish
05 yanvar 2017 y.    17:36

O'zbеkistоn mаtbuоt vа ахbоrоt аgеntligi YaIDXPda interaktiv xizmatlar ro’yxatini matbaa korxonasini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza taqdim etish xizmati bilan yana bittaga oshirdi. Ushbu xizmat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (jismoniyshaxslar) uchun taqdim etiladi.

Murojaatchi YaIDXP orqali real vaqt rejimida elektron ariza yuborish jarayonida kerakli hujjatlarni arizaga qo’shib yuborishi lozim. Matbaa korxonasini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi “Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 454-son qaroriga binoan o’rnatilgan tartibda davlat boji undiriladi.

Xizmat natijasi bo’lib, 15 kun muddatda matbaa korxonasini ro‘yxatga olish yoki ro’yxatga olishni rad etish haqida xabarnomani olish hisoblanadi.

Manba: my.gov.uz

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech