Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 iyun 2017 y.    17:40
IMG_3961.JPG “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida 2017 yil 13 iyunda xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.
Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etdilar. Seminarda "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati AKTni strategik rivojlantirish markazi yetakchi injeneri Vladimir Vasilevning "Jamiyatda AKTni joriy etish va rivojlantirish" mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
IMG_3985.JPG
Shuningdek, tadbirda "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyatida "Elektron hukumat" tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan markaz mutaxassisi M.Aliyev tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
IMG_3949.JPG
Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, muzokaralarda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.
Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech