Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 yanvar 2018 y.    17:15

19 yanvar kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markaz rahbariyati tomonidan Markaz faoliyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi bilan o‘zaro hamkorligi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ikkala tomon qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi, xususan ta’lim va aholi bandligi sektorida elektron hukumat doirasidagi tashabbuslar bo‘yicha savollarga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida, Markaz rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik qilishni hamda ta’lim va aholi bandligi sohasidagi OTBning amalga oshirilgan loyihalari yuzasidan ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech