Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 oktyabr 2017 y.    18:27

7 oktyabr kuni «Elektron hukumat» markazida Singapurning Hamkorlik boyicha davlat agentligi ijrochi Bosh direktori janob Kong Vi Mun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bolib otdi.

photo_2017-10-07_17-02-40.jpg

Shuningdek, uchrashuvda davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish boyicha mutxassisi Aziza Umarova ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Markaz rahbariyati Ozbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlanish holati, amalga oshirilayotgan loyihalar, shu bilan bir qatorda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi doirasida 2018-2021 yillarda elektron hukumatni rivojlantirish boyicha istiqboldagi rejalar xususida malumot berdi.

Uchrashuv yakuniga kora tomonlar Ozbekiston Respublikasida elektron hukumatni kelgusida takomillashtirish va rivojlantirishda istiqboldagi yonalishlarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.

IMG_6017.JPG

Singapur delegatsiyasi vakillari tashrif davomida bir qator vazirlik va idoralarda ham rasmiy uchrashuvlar otkazilishi kozda tutilgan. Uchrashuvlarda asosan:

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy boshqaruvni takomillashtirish, aholiga davlat xizmatlarini korsatish bilan bogliq bolgan mamuriy jarayonlarni maqbullashtirish;

- jamiyatning muhim sohalarini bosqichma-bosqich axborotlashtirish va avtomalashtirish, dastlab sogliqni saqlash, talim, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmat korsatish, transport xizmatlari va boshqalar;

- AKT sohasida milliy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

- O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni kelgusida takomillashtirish va rivojlantirishda istiqboldagi yo‘nalishlarni ishlab chiqish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Singapur delegatsiyasining tashrifi joriy yilning 12 oktyabriga qadar davom etadi.

 

 Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech