Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
05 aprel 2018 y.    17:42

2018 yilning 5 aprelida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Seul shahrining Axborotlarni rejalashtirish departamenti vakili janob Kim Yu Shik bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.  Markaz rahbariyati tomonidan elektron hukumatning loyihalari, ularning holati va amalga oshirilishi, shuningdek infratuzilma haqida ma'lumot berildi.

Uchrashuv mobaynida Toshkent shahrida “Smart City” konsepsiyasini rivojlantirishda ko'maklashish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishdi va kelajakda hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirishdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Markaz hodimlari uchun Seul shahrida “Smart City” konsepsiyasini amalga oshirish tajribasi bo'yicha seminar-trening tashkil etilib, uni janob Kim Yu Shik olib bordi va tinglovchilarning loyiha haqidagi barcha savollariga javob berdi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech