Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
05 dekabr 2017 y.    17:55

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi arafasida yurtimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan, bugun, 5 dekabr kuni Aloqa muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidan taqdirlangan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini munosib nishonlash maqsadida, ushbu davlat bayrami soha tizimida ham keng miqyosda nishonlanmoqda, huquqiy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. O'tkazilgan tadbirda ham sohada samarali xizmat qilib kelayotgan 46 nafar xodimga "O'zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni topshirildi.

Shu jumladan, "Elektron hukumat" markazi direktorining birinchi o‘ribosari Murod Mahmudjonovich Rasulov ham mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Markaz jamoasi Murod Mahmudjonovichni mukofot bilan qutlaydi va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech