Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
06 iyun 2017 y.    16:18

2017-yil 6-iyunda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan navbatdagi sayyor “Haftalik kollegial seminar bo’lib o’tdi. Unda “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasining xo`jalik boshqaruvi organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari qatnashishdi. Seminarni "O'zbekinvest" kompaniyasining direktor o'rinbosari Asattullayev Alisher Lutfullayevich ochib berib, "Elektron hukumat" borasida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda kelgusidagi rejalar bilan yig'ilganlarni tanishtirdi. So'ng “Sug’urtada axborot texnologiyalari departamenti” menejeri Svetlana Grichuxinaning “O`zbekinvest” eksport-import milliy sug`urta kompaniyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati" mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

IMG_3811.JPG

Shuningdek, tadbirda Axborot tizimlari va ma`lumotlar bazalari bo`yicha qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga @Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

Eslatib o’tamiz, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi ( “O‘zbekinvest” EIMSK ) umumiy sug’urta bozorida o’z faoliyatini olib boradi va sug’urta faoliyati klassifikatoriga ko’ra mavjud 17 turdagi sug’urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi.

IMG_3827.JPG

Har chorakda, tashkilotda AKTning joriy etilishi va rivojlanishi bo‘yicha savolnoma to‘ldirib borilmoqda, shuningdek baholash natijalariga binoan uni yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, my.gov.uz portalida "O‘zbekinvest" EIMSKning 6 ta interaktiv xizmatlari joriy etilgan.

Matbuot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech