Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish
09 dekabr 2016 y.    12:09

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari soni yangi “Tabiiy suv ob’yektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma” xizmati bilan koʻpaydi. Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 iyundagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 171-son qaroriga koʻra, foydalanuvchi kerakli hujjatlarni arizaga qo’shib yuborishi lozim. Xizmat bepul koʻrsatiladi.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma foydalanuvchidan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Xizmatning natijasi boʻlib arizachiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborish hisoblanadi.

Manba: my.gov.uz

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech